Fransiyada Suriya prezidenti Başar Asadning amakisi Rifat Asad ustidan sud jarayoni boşlanmoqda. 81 yoşli Rifat Asad Fransiya hududida 102 mln dollarga köçmas mulk xarid qiliş va quriş maqsadida Suriya budjetidan pullarni yuvişda ayblanmoqda.
Yaqin orada sud Asad böyiça jarayonning boşlanişi sanasini e'lon qilişi kerak. Asadga qarşi tergov 2014 yildayoq boşlangan. Keyinroq prokurorlar Suriyaning sobiq vitse-prezidentiga korrupsiya böyiça ayblov bildirişgan, uning mulkiga esa taqiq qöyilgan. Rifat Asadning özi esa vaqti-vaqti bilan goh Fransiyada, goh Britaniyada yaşab keladi va barça ayblovlarni rad etadi.
Rifat Asadning Fransiyadagi mulki Parijdagi ikkita tanxausni, ot zavodini, Parij yaqinidagi qasrni, Liondagi ofislarni öz içiga oladi. Köçmas mulkning katta qismi offşor kompaniyalar orqali sotib olingan. Bundan taşqari, Rifat Asad oilasiga 2017 yil Ispaniyada musodara qilingan 500 dan köproq köçmas mulk obekti tegişli.
Rifat Asad Suriyaning sobiq prezidenti, Başar Asadning otasi, Suriyani 1971 yildan 2000 yilgaça boşqargan Hafiz Asadning ukasi hisoblanadi. Rifat Asad 1983 yilda akasi kasalligidan foydalanib, unga qarşi borib, davlat töntaruvini amalga oşirişga uringan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uçragan. Şundan keyin u mamlakatni tark etişga majbur bölgan va öşandan beri Yevropada yaşab keladi.












