Özbekiston Respublikasi Prezidenti “2019-2028 yillar davrida Özbekiston Respublikasida qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Quyidagi asosiy vazifalarni amalga oşirişni nazarda tutuvçi, 2019-2028 yillar davrida Özbekiston Respublikasida qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasi tasdiqlandi:

aholining qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar bilan töliq qamrab olinişini ta'minlaşga yönaltirilgan sanitariya jihatidan tozalaş infratuzilmasini rivojlantiriş;

qattiq maişiy çiqindilarni qayta işlaşning samarali va zamonaviy tizimini yaratiş;

poligonlarga kömiş uçun yönaltiriladigan qattiq maişiy çiqindilar hajmini kamaytiriş, sanitariya va ekologik me'yorlar talablariga muvofiq keladigan zamonaviy qattiq maişiy çiqindi poligonlarini yaratiş, şuningdek, mavjud poligonlarni yopiş va rekultivatsiya qiliş böyiça çora-tadbirlarni köriş;

sanitariya jihatidan tozalaş sohasida narxlar şakllanişini takomillaştiriş va tariflarni optimallaştiriş;

qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş obektlaridan muqobil energiya manbalari sifatida foydalaniş.

Quyidagilar Strategiyaning asosiy prinsiplari etib belgilandi:

Strategiyani amalga oşirişning barça bosqiçlarida atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etiş;

qattiq maişiy çiqindilarning atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytiriş maqsadida ular bilan amalga oşiriladigan barça jarayonlar ustidan nazoratni ta'minlovçi qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş;

çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş böyiça xarajatlar çiqindilarni hosil qiluvçilar tomonidan qoplanişini közda tutuvçi, tegişli huquqiy va iqtisodiy asoslarni yaratiş zaruriyatini belgilovçi “ifloslantiruvçi tölaydi” prinsipini joriy etiş;

tanlov asosida qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida xizmatlar körsatiş böyiça faoliyatni amalga oşiriş jarayonining oçiqligi va şaffofligi.