Yonimizda, oramizda şunday insonlar yaşaydiki, ular doimo e'tiborga, muruvvatga muhtoj.

Yurtimizda ana şunday insonlar uçun «Muruvvat» va «Saxovat» internat uylari taşkil etilgan.

Şunday muassasalardan biri Qarşi şahrida joylaşgan. Mazkur muassasa 1976 yildan buyon faoliyat körsatmoqda. 2018 yil 23 dekabrda nogironligi bölgan bolalarga möljallangan «Muruvvat» internat uyi kapital rekonstruksiyadan söng qayta oçildi. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Rekonstruksiya davomida eski korpuslar buzilib, örniga yangi oşxona va yangi binolar qurildi. Bolalar va xodimlar qulayligi uçun kasalxona lifti, barça xonalarda havoni konditsionerlaş va şamollatiş tizimlari örnatilgan. Yangi jihozlar bilan ta'minlanib, yon-atrofi töliq obodonlaştirilgan. 

Bu maskanga kirib borar ekanmiz, turli darajadagi nogironligi bölgan jajji bolalar e'tiborimizni tortadi. Ular bizni qiziqiş bilan kuzatişadi.

Ma'lum bölişiça, «Muruvvat» internat uyida oğir va çuqur darajadagi aqliy zaiflik, gemiparez, paraparez va tetraparez asoratlari bölgan mö'tadil darajadagi aqliy zaif bolalar tserebral falaji, intellektning oğir buzilişiga olib kelgan şizofreniya, mö'tadil darajadagi aqliy zaiflikka olib kelgan (har oyda köpi bilan beş marta xuruj qiladigan) tutqanoq, boş miya şikastlanişi oqibatidagi mö'tadil darajadagi aqliy zaiflik va şu kabi kasalligi bölgan voyaga yetmaganlar tarbiyalanadi.

Maskan bilan tanişiş jarayonida farzandlarini köriş uçun kelgan ota-onalar bilan ham suhbatlaşdik. Ular ham bu yerda yaratilgan şart-şaroitlardan mamnun ekanliklarini bildirişdi.