Xalqaro tadqiqotchilar guruhi 41 mashhur parhezni tahlil qildi, eng foydali parhezlar yetti ko‘rsatkich bo‘yicha saralandi: parhezning ozishga yordam berish yo bermasligi, surunkali kasalliklar, yurak kasalliklari va diabetga qarshi kurashadimi yoki yo‘q, ratsionning qanchalik to‘g‘ri tuzilgani, undagi mahsulotlarning hamyonbopligi va ularning tayyorlanishi oson yo murakkabligi. Qaysi parhezlar yetakchi o‘rinlarni egallaganiga oid ma'lumotlar zdorovieinfo.ru’da taqdim etildi.
1. O‘rta yer dengizi parhezi

Tibbiyot fanlari doktori Devid Kats uni quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha g‘olib deya aniqladi: eng oddiy parhez, sog‘lom turmush tarzi uchun eng munosib parhez va diabetni bartaraf qilish uchun eng yaxshi parhez. Asosan mevalar, sabzavotlar va don mahsulotlaridan iborat ratsion hayot davomiyligini oshirishga va surunkali kasalliklarni bartaraf qilishga yordam beradi. Bunday oziqlanishning ustuvor jihatlari quyidagicha:
· O‘simlik tolalari oshqozon saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi;
· Yong‘oqlar antioksidantlarga boy bo‘lib, qarilikdagi aqliy zaiflashuv oldini oladi;
· Yog‘li baliqdagi Omega-3 yallig‘lanishga qarshi kurashadi va teri elastikligini saqlab qolishga yordam beradi;
· Zaytun yog‘i va uning oleokantal nomli komponenti og‘riqni yengillashtiradi;
· Me'yoriy ratsion yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi. Olimlar 12 yil davomida 25 ming nafar ayolni kuzatib, bunday oziqlanish tizimida yurak xuruji va insult xavfi 25 foizga qisqarishini aniqlashdi.
Bu parhezda qanday ovqatlanish kerak?
O‘rta yer dengizi parhezida biror mahsulotdan to‘liq voz kechish talab qilinmaydi. Asosiy qoidalarga rioya qilinsa bo‘lgani:
· Qovurilgan taomlardan kamroq iste'mol qiling;
· Yog‘lilik darajasi kam bo‘lgan pishloqlarni tanlang: motsarella, feta, xalumi;
· Salatlarni zaytun yog‘i bilan aralashtiring;
· Go‘shtdan ko‘ra ko‘proq baliq yeng. Go‘sht mahsulotlaridan tovuq go‘shti, kurka go‘shti va tuxumni tanlang;

















