Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida «Şaxsiy ma'lumotlar töğrisida»gi Qonun loyihasi uçinçi öqişda körib çiqildi va qabul qilindi. Hujjat Oliy Majlis Senatiga yöllandi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib ötamiz, bir qator hujjatlarda şaxsiy ma'lumotlar maxfiy axborot sirasiga kiritilgan. Biroq uşbu tuşunça huquqiy jihatdan töliq oçib berilmagan, şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş mexanizmlari mavjud emas.
Qonunda quyidagi tuşunçalar qabul qilingan:
• şaxsiy ma'lumotlar – elektron, qoğoz va (yoki) boşqa moddiy taşuvçida qayd etilgan, muayyan şaxsga tegişli yoki uni identifikatsiyalaş imkonini beruvçi axborot;
• şaxsiy ma'lumotlar sub'yekti – şaxsiy ma'lumotlar tegişli bölgan jismoniy şaxs;
• şaxsiy ma'lumotlar bazasi – şu jumladan axborot tizimi körinişidagi, şaxsiy ma'lumotlarni öz içiga olgan ma'lumotlar bazasi;
• şaxsiy ma'lumotlarni qayta işlaş – şaxsiy ma'lumotlarni töplaş, tizimlaştiriş, saqlaş, özgartiriş, töldiriş, qöllaş, taqdim etiş, tarqatiş, uzatiş, şaxssizlantiriş va yöq qilişga doir bir yoki bir neçta harakatlarni amalga oşiriş;
• şaxsiy ma'lumotlar bazasi operatori – şaxsiy ma'lumotlarni qayta işlovçi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik şaxs;
• şaxsiy ma'lumotlar bazasining mulkdori – şaxsiy ma'lumotlar bazasiga egalik qiliş, undan foydalaniş va uni tasarruf etiş huquqiga ega bölgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik şaxs;
• uçinçi şaxs – sub'yekt, mulkdor va (yoki) operator hisoblanmagan, biroq şaxsiy ma'lumotlarni qayta işlaşga doir hollar yoki munosabatlar sababli ular bilan boğliq bölgan har qanday şaxs.
«Şaxsiy ma'lumotlar töğrisida»gi Qonun loyihasida ularga kiriş mexanizmlari, şu jumladan ularni xalqaro uzatiş tartibotlari belgilangan. Loyiha şaxsiy ma'lumotlar qayerda qayta işlanişidan qat'i nazar, ularning himoyasini ta'minlaş böyiça talablarni öz içiga olgan. Şuningdek, unda şaxsiy hayoti daxlsizligi böyiça inson huquqlari himoyasini ta'minlaşga qaratilgan normalar qayd etilgan.













