UYeFA rasmiy saytida Çempionlar ligasida hafta futbolçisi böliş uçun 4 nomzod nomi ma'lum qilindi.
Hafta futbolçisi böliş uçun nomzodlar: «Barselona» hujumçisi Lionel Messi, «Ayaks» himoyaçisi Mateys de Ligt, «Tottenhem Hotspur» forvardi Son Xin Min va «Liverpul» hujumçisi Roberto Firmino.
Messi «Mançester Yunayted»ga qarşi öyinda dubl qayd etdi, de Ligt «Yuventus»ga qarşi öyinda ğalaba goli muallifi böldi, Son Xin Min ham «Mançester Siti»ga qarşi gollarga boy öyinda ikkita gol urdi, Firmino ham «Portu»ga qarşi öyinning eng faol futbolçilaridan böldi va öz hisobiga bitta gol yozib qöydi.

Çempionlar ligasining bu haftasida quyidagi 4 öyin ötkazildi: «Barselona» — «Mançester Yunayted» (3:0), «Yuventus» — «Ayaks» (1:2), «Mançester Siti» — «Tottenhem Hotspur» (4:3), «Portu» — «Liverpul» (1:4).

















