Rasmiy kutib oliş marosimidan söng Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In tor va keng doirada muzokara ötkazdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari oliy martabali mehmonni mamlakatga taşrifi bilan qutlab, bu uzoq kutilgan va muhim taşrif ekanini ta'kidlagan.
– Janubiy Koreya Özbekistonning işonçli va ustuvor şerigi. Men 2017 yilgi uçraşuvimizni mamnuniyat bilan eslayman. Muzokaralarimiz samimiy va konstruktiv ruhda ötgan, salmoqli hujjatlar imzolangan edi. Bu keyingi yillardagi hamkorlik rivojiga asos böldi. Sizning uşbu taşrifingiz davlatlararo munosabatlarimizga yangi impuls beradi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Koreya Respublikasi prezidenti Özbekistonga taklif uçun minnatdorlik bildirdi.
– Özbekiston qadimiy va boy tarixga ega, Buyuk ipak yölining markazi bölgan ölka. Bugungi kunda mamlakatingiz öz taraqqiyotining yangi erasiga qadam qöymoqda. Özbekistonni Janubiy Koreyaning savdo va investitsiyaviy aloqalarni faollaştirişga qaratilgan “Yangi şimoliy siyosat”ida muhim örin tutuvçi şerik deb bilamiz. Sizning Seulga taşrifingiz çoğida mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklikni çuqurlaştirişga erişgandik. Bu safar uni alohida strategik darajasiga kötariş niyatidamiz, – dedi Mun Çje In.
Uçraşuvda mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Özaro manfaatli yönalişlarni topiş, “soatlarni soliştirib oliş” maqsadida siyosiy muloqot va maslahatlaşuvlarni faol davom ettiriş böyiça yakdil fikr bildirildi.
Ikki mamlakat hamkorligi, xalqlarimiz örtasidagi döstlik aloqalarini kengaytiriş maqsadida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga kelişib olindi.
Savdo-iqtisodiy aloqalardagi ösiş sur'atlari ijobiy baholanib, uni yanada oşiriş uçun imkoniyatlar köpligi qayd etildi. Şu maqsadda huquqiy va institutsional infratuzilmani takomillaştiriş, turli darajadagi taşriflar va işbilarmon doiralar örtasidagi uçraşuvlarni köpaytiriş zarurligi ta'kidlandi.
Muloqot çoğida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi. Janubiy Koreya Özbekistonning mintaqada yaxşi qöşniçilik muhitini mustahkamlaş, Orol fojiasi oqibatlarini kamaytiriş, Afğonistonda tinçlik jarayoniga kömaklaşişga qaratilgan amaliy sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Özbekiston Koreya Respublikasining Koreya yarim orolida hamjihatlikni mustahkamlaşga yönaltirilgan tinçliksevar siyosatini ma'qullaydi.




















