Prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Mun Çje In Özbekiston bilan Janubiy Koreya örtasida alohida strategik şeriklik töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hukumat va vazirliklar örtasida investitsiyalarni rağbatlantiriş va özaro himoya qiliş, tinç maqsadda fazoni tadqiq etiş, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida hamkorlik, soğliqni saqlaş sohasida hamkorlik böyiça Özbekiston – Koreya markazini taşkil etişga oid va boşqa hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari uçun ötkazilgan brifingda Prezidentlar an'anaviy döstlik, oçiqlik va özaro anglaşuv ruhida keçgan muzokaralar natijalaridan mamnunligini alohida ta'kidladi.
«Muloqotlarimiz Özbekiston bilan Janubiy Koreyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorligi xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga töla mosligini, xalqaro va mintaqaviy muammolar, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş masalalari böyiça pozitsiyalarimiz yaqin ekanini namoyiş etdi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

«Dunyoning diqqat markazida bölib kelayotgan Özbekiston Prezidentiga çuqur hurmatimni bildiraman. Şavkat Mirziyoyev hamma sohalardagi – siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy hayotga doir islohotlari bilan Özbekistonni yangi taraqqiyot bosqiçi sari yetaklamoqda. Bugun mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarni alohida strategik şeriklik darajasiga kötardik. Uni hayotga tatbiq etiş mexanizmlari, özaro hamkorlikni rivojlantirişning yangi yönalişlarini muhokama qilib, istiqbolli kelişuvlarga erişdik», — dedi Mun Çje In.
Taşrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod qöşma loyiha va dasturlarni amalga oşiriş böyiça bitimlar imzolangani alohida ta'kidlandi.




















