Ukraina poytaxti Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida Ukraina prezidenti lavozimiga nomzodlar Pyotr Poroşenko va Vladimir Zelenskiy örtasida debatlar bölib ötdi. Debatlarni tribunalardan 22 ming kişi kuzatgan.
Siyosatçilar debatlar davomida Donbassdagi qurolli ixtilof haqida gapirar ekanlar, sahnada tiz çökdilar.
Zelenskiy Maydan vaqtida uruş tugaşi uçun Rossiya prezidenti Vladimir Putin oldida tiz çökişga tayyor bölganini eslab ötgan. “Men öz öğlini yöqotgan har bir ona, öz erini yöqotgan har bir ayol oldida tiz çökişga tayyorman. Men bunga tayyorman va hozir buni qilaman. Siz ham buni qiling”, deb aytgan Zelenskiy Poroşenkoga yuzlanib.
Şundan keyin Zelenskiy tiz çökkan. Poroşenko ham uning ortidan buni qaytargan, biroq buni tomoşabinlarga orqasini ögirgan va uni sahnada qöllab-quvvatlayotgan Donbassdagi jangçilarga yuzlanib bajargan. “Kördingizmi, qançalik oson”, deb kinoya qilib qöygan Zelenskiy. U, şuningdek, Donbassdagi uruşni töxtatiş uçun barça işni qilişini aytgan.
Poroşenko raqibining “Mamlakatni 5 yil şunday boşqarganingiz uçun uyalmaysizmi?” degan savoliga “Javob – yöq, Men Ukraina va 5 yil bilan faxrlanaman”, deb javob qilgan.
Amaldagi prezident Ukraina xalqining har qanday tanlovini qabul qilişini aytgan.
“Qadrli ukrain xalqi, şuni ta'kidlay olamanki, men ukrain xalqining 21 apreldagi har qanday tanlovini qabul qilaman va 22 aprelda hayot davom etaveradi hamda 22 aprelda davlatni himoya qiliş uçun birlaşişimiz lozim. Asosiysi – davlatni yöqotmaslik”, deb aytgan Poroşenko.
Ukrainada prezident saylovlarining 2-bosqiçi 21 aprelda bölib ötadi. 18 aprelda e'lon qilingan oxirgi reytinglarga köra, kimga ovoz berişni özi uçun hal qilgan saylovçilarning 70 foizi Zelenskiyga, 27 foizi Poroşenkoga ovoz berişga tayyor.












