Toşkent şahrida 20 aprel kuni Koreys madaniyati va san'ati uyining tantanali oçiliş marosimi böldi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Je In rafiqalari bilan birgalikda uşbu döstlik va madaniyat saroyini oçdi.
- Poytaxtimiz körkiga körk qöşib turgan uşbu muhtaşam inşoot qiyofasida zamonaviy arxitektura yutuqlari va an'anaviy koreys madaniyati uyğunlaşgan. Bu maskan xalqlarimizning mustahkam döstligi va mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar yuqori bosqiçga çiqqanining yorqin tasdiğidir, - dedi davlatimiz rahbari.

- Bu markaz döstlik, ahillik va muştaraklik maydonidir. Öylaymanki, u Özbekistondagi koreys diasporasi, şu yerda işlayotgan koreyaliklar va barça özbekistonliklar uçun umumiy uy böladi. Köp jihatdan öxşaş xalqlarimiz va birodarlaşgan davlatlarimizni boğlab turadi, - dedi Mun Çje In.
Sahnada koreyslarning yurtimizga köçirib kelinişi, xalqimiz bilan ahil yaşaşi haqida badiiy kompozitsiya namoyiş etildi.
Ma'lumki, 1937 yilda Uzoq Şarqdan ön minglab koreyslar mamlakatimizga köçirilgan. Öşa paytdagi qiyinçiliklarga qaramay, özbek xalqi ularni oçiq qalb bilan qabul qilgan, ularga boşpana berib, mehr körsatgan. Özining mehnatsevarligi va qat'iy irodasi, xalqlarimizning mentaliteti öxşaşligi tufayli koreyslar yurtimizda ikkinçi Vatanini topdi. Ular Özbekistonning teng huquqli fuqarosiga, jamiyatimizning faol a'zolariga aylandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 180 mingdan ziyod koreys millatiga mansub yurtdoşlarimiz yaşaydi. Ularning uç yuzga yaqini davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.

Barça millat va elat vakillari qatori koreys yurtdoşlarimiz uçun ham öz milliy madaniyati, tili, urf-odat va an'analarini asrab-avaylaşi uçun zarur şaroit yaratilgan. Önlab koreys madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. 12 ta oliy ta'lim muassasasi, 48 ta maktab va litseyda koreys filologiyasi öqitilmoqda.
Koreys tilida kitob va gazetalar çop etilmoqda, körgazmalar, konsert va festivallar, sport musobaqalari ötkazilmoqda.












