Internetda Ukrainadagi prezidentlik saylovidan ilk ekzit-pol natijalari paydo böldi. Bu haqda lb.ua muharriri Sonya Koşkina öz telegram kanalida MSK ma'lumotlariga asoslanib xabar tarqatgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, mahalliy vaqt bilan soat 11:00da (Toşkent vaqti bilan 13:00) saylovdagi davomat 19 foiz atrofida bölgan. Nisbatan mamlakat markazidagi saylovçilar faollik körsatişmoqda.
Jurnalist prezidentlik poygasidagi ilk raqamlarni keltirgan. Uning ma'lumotlariga köra, kunning birinçi qismidagi ovozlar nisbati Vladimir Zelenskiy foydasiga 75,8 foizga 24,2 foiz körinişida bölgan.
«Bu köp narsani anglatadi», — deya qöşimça qilgan Koşkina.
NIMG tadqiqot markazi esa soat 12:00 (Toşkent vaqti bilan 14:00) holatiga köra sörovnomalar natijalarini keltirgan. Unga köra, Ukraina şarqida Zelenskiy Poroşenkoni 88,8 foizga 11,2 foiz nisbatida ortda qoldirgan.
Mamlakat ğarbida Zelenskiy ovozlarning 55,6 foizini olgan, Poroşenko esa 44,4 foiz. Markazda ham ustunlik şoumen nomzod tarafida - 72,9 foizga 27,1 foiz.
Ukrainadagi prezidentlik saylovining birinçi turi 31 mart kuni ötkazilgan, lekin unda qatnaşgan 39 nomzodning birortasi 50 foizdan ortiq ovoz ololmagandi. Birinçi turda 30,24 foiz ovoz töplagan Vladimir Zelenskiy birinçi, 15,95 foiz ovoz olgan Pyotr Poroşenko ikkinçi bölib, keyingi bosqiçga ötişgandi.













