Bugun farzand tarbiyalaş sirlari bilan örtoqlaşamiz.
Aytiş joizki, agar ota-onalar özlari baxtli bölişmasa, hayotdan minnatdor bölgan bolani tarbiyalay olişmaydi.
Baxt meros bölib ötadi.

Köpçilik ota-onalar muammolar faqat farzandlarida deb, özlarini esa begunoh sanaşadi.
Keyin esa bir xil vaziyatda bir-biriga zid ikki xil şaxs şakllanayotganidan nolişadi: biri – muvaffaqiyatli va öziga işonadigan, boşqasi esa aksinça komplekslarga töla, “içimdagini top” va agressiv. Axir bu kimgadir e'tibor va muhabbat berilmagani, biroq bu faktni nazardan çetda qoldirilganini namoyiş etuvçi fakt-ku.
Bolani ovqatlantiriş, kiyintirişning özi yetarli emas.
Bu ğamxörlik xolos, tarbiya emas. Afsuski, köpçilik ota-onalar buni yetarli sanaydilar.
Nima eksang – şuni örasan.
Farzandimiz qariganimizda biz unga bolaligida qanday munosabatda bölsak xuddi şunday munosabat bildiradi.
Maktab ta'limi standart fanlarni örganiş bilan çeklanmasligi lozim.
Bolalar nazariyani yodlagandan köra amaliyotda va katta hayotda amalga oşirişi mumkin bölgan bilimlarni olişi muhimroq. Masalan, mas'uliyatlilik, qat'iylik, kelişa oliş va özgalarning vaqtini qadrlaşni örganiş.

Bolaning yomon baho haqidagi kuçli xavotiri ota-onaning bahoga bölgan munosabatinigina aks ettiradi.
Agar ota-onalar bolaning öqiş, sportdagi muvaffaqiyatsizliklariga xotirjam munosabat bildirsa, bolalar ham xatolarini xuddi şunday qabul qiladi. Ular ham xotirjam, özlariga işonadi, oson ta'lim olib, muvaffaqiyatli odamga aylanadi.
Bolani xarakteri uçun emas, xatti-harakati uçun jazolaş kerak.











