«Men Özbekistonga kelayotganimda 1400 yil oldingi bir kunni yodga oldim. U qadimiy koreys davlati elçilari Samarqandga kelgan kundir. Otga yoki tuyaga minib dam olmasdan maşaqqat çekib kelişlariga ikki oyça vaqt ketgandir? Baland toğ tizmalari, adirlar va çöllardan ötib, qor va yomğirda qolib, ba'zida jazirama va sovuq bilan kuraşib uzoq vaqt sarflagan bölsalar kerak. Bugun siz azizlar kabi 1400 yil oldin Özbekistonning qadimiy ahli ham uzoqdan kelgan mehmonlarni iliq kutib olgan. Mustahkam döstlik va işonç Afrosiyobning ğarbiy devoridagi suratda öz aksini topgan. Garçi, Koreya va Özbekiston bir-biridan uzoqda bölsa ham qadimiy koreys davlati davridan boşlab elçilari kelib ketadigan döst davlatlar bölgan».

Samarqandda mehmon bölar ekan Janubiy Koreya Prezidenti Mun Je In mana şu sözlarni izhor etdi. Uzoq yillar Janubiy Koreya hududidagi qadimiy davlatlar va yurtimiz örtasidagi madaniy aloqalar haqdagi aniq ma'lumotlar kamyob edi. Ötgan asrning örtalarida topilgan qadimiy surat esa ta'bir joiz bölsa, tarix ilmini ostin-ustun qilib yubordi. Aslida hammasi mana bunday boşlangan edi:

Samarqand şahrining tarixiy qismida 6-7 asrlarda gullab-yaşnagan Afrosiyob şahri qoldiqlari yotibdi. Uşbu yirik arxeologik yodgorlik Samarqand şahri tarixidan darak beruvçi muhim yodgorliklardan biri. Qadim şaharning maydoni 219 gektarni taşkil qiladi. Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11ta madaniy qatlam borligini aniqlagan. Şaharning zamonaviy relefida qudratli qal'aning xarobalari, köhna mudofaa devorlari, qaçonlardir şaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata oliş mumkin.

Afrosiyob boşiga tuşgan ayançli voqealarning biri şuki, 1965 yil Samarqand şahridagi qurilişi rejalaştirilgan yangi köça aynan ana şu qadimiy şahar xarobalari ustidan ötişi belgilandi. Öşa vaqtda Samarqandda, mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan ziyolilar qançalik qarşilik qilişmasin, yöl qurilişi boşlanadi.

Yöl ötadigan hudud tekislanayotgan vaqtda esa butun insoniyat uçun nodir topilma, bir qator davlatlar, umuman dunyo tarixi haqida ma'lumot beruvçi devoriy suratlar topiladi. Eng yomoni, buldozer devoriy suratni qoq örtasidan ikki bölib ötgan edi. Bu bugungi kunda mavjud yer yuzidagi tarixiy devoriy suratlarning eng yiriklaridan biri edi.