17 dekabr kuni Koreya Respublikasi prezidentining Seul şahridagi «Çong Va De» qarorgohida Özbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi.

Oliy martabali mehmon va uning rafiqasi şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Tantanali marosimda Tonggi soflik mamlakatining qadimiy tarixi va yorqin zamonaviyligi öz aksini topdi.

Söng davlat rahbarlari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida muzokara ötkazdilar.

Koreya Respublikasi prezidenti oliy martabali mehmonni qutlar ekan, Seul Toşkent bilan hamkorlikni barça yönalişlarda yanada rivojlantirişga katta ahamiyat qaratayotganini ta’kidladi.

- Hurmatli Şavkat Mirziyoyev janoblarini, mening qadrli birodarimni qutlayman. Seulga xuş kelibsiz. Şu yil yanvar oyidagi uçraşuvimizni yaxşi eslayman. Öşa muloqotimiz joriy yilning birinçi oliy darajadagi uçraşuvim böldi. Bugun esa Siz bilan yil yakunida yuzma-yuz körişib turibmiz. Mening diplomatik tadbirlarim aynan Siz bilan boşlanib, yakuniga yetayotganidan ayniqsa mamnunman.