Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Mun Je Inning taklifiga binoan 16-18 dekabr kunlari davlat taşrifi bilan Janubiy Koreyada böladi.

Taşrif dasturiga muvofiq, Seul şahrida bölib ötadigan oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralarda Özbekiston-Koreya döstlik va alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş yöllari körib çiqiladi.

Eng avvalo, “yaşil” iqtisodiyot, raqamlaştiriş, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, ta’lim, soğliqni saqlaş va boşqa ustuvor yönalişlarda amaliy hamkorlik böyiça dastur va loyihalarni ilgari surişga alohida e’tibor qaratiladi.

Şuningdek, Prezidentimiz Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi rahbariyati, uşbu mamlakatning eng yirik kompaniya va bank-moliya institutlari vakillari bilan uçraşadi.

Taşrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar töplami imzolanişi közda tutilgan.