16 yoşida közi ojiz bölib qolgan yaponiyalik Mitsuxiro Ivamoto Tinç okeanini 12 metrlik Dream Weaver yaxtasida suzib ötdi. Unga amerikalik Duglas Smit assistentlik qilgan, ammo yaxtani boşqarişda yordam bermagan.
Ivamoto közi köruvçi şturman yordamida buni amalga oşira olgan birinçi közi ojiz inson böldi.
24 fevralda yaxta AQŞning San-Diyego portidan yölga çiqib, deyarli 2 oydan keyin – 20 aprelda Yaponiyaning Fukusima prefekturasidagi Ivaki portiga yetib kelgan.
“Men taslim bölmadim va orzuimni röyobga çiqardim. Men dunyodagi eng baxtli insonman”, deb aytgan Ivamoto.
Gap şundaki, bu Ivamotoning 2-urinişi böldi – u ilk urinişni 2013 yilda amalga oşirgan, biroq öşanda kema suzişga çiqqandan bir neça kun ötib çökib ketgan. U 2018 yilda öz sayohati uçun GoFundMe orqali mablağ yiğa boşlagan. Yaponiyalik töplangan pullarni körlikka olib keluvçi kasalliklarni tadqiq qiliş uçun xayriya qilişga va'da bergan.













