Italiya çempionatida 33-turdan örin olgan bir öyin yakunlandi.   

«Yuventus» öz maydonida «Fiorentina»ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi irodali ğalabani qölga kiritdi.

6-daqiqada Milenkoviç gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. 37-daqiqada himoyaçisi Aleks Sandro hisobni tenglaştirdi. 53-daqiqada Petsselya öz darvozasini işğol qilib qöydi.

Bu natijadan söng, «Yuventus» musobaqa yakunlanişiga 5 tur qolganida 87 oçko bilan muddatidan oldin çempionlikni rasmiylaştirdi. Jamoa eng yaqin ta'qibçisi «Napoli»ni 20 oçko ortda qoldirmoqda. 

«Yuventus» öz tarixida 35-marta va qatorasiga 8-marta Italiya çempioni böldi.

A Seriya, 33-tur
Yuventus – Fiorentina 2:1 
20 aprel, «Alyans Stedium» stadioni 
Gollar: 0:1 – 6 Milenkoviç, 1:1 – 37 Aleks Sandro, 2:1 – 53, avtogol Petsselya. 
Yuventus – Şçensni, Rugani, Bonuççi, Joau Kanselu, Aleks Sandro, Matyuidi, Jan, Kuadrado, Pyaniç (Bentankur, 65), Bernardeski (Ken, 74), Ronaldu.
Fiorentina – Lafon, Milenkoviç, Çekkerini, Petsselya, Gansko, Dabo, Benassi (Jyerson, 73), Keza (Muriel, 66), Veretu, Miralyas (Fernandeş, 80), Simeone.
Ogohlantiriş: Jyerson (80).