Bangkokda ötayotgan boks böyiça Osiyo çempionatining törtinçi kun dasturida Hasanboy Dösmatov hindistonlik Amit Pangalga qarşi çorak final jangi uçun ringga kötarildi.

-52 kg vazn toifasidagi bahslarda tajribali raqibga qarşi jang Dösmatovning mağlubiyati bilan yakunlandi va u turnirni erta tark etadigan böldi.

Qayd etiş kerakki, Amit Hasanboy Dösmatov uçun jiddiy raqib hisoblanardi. Hasanboy bu 22 yoşli boksçi bilan bir neça bor töqnaş kelgan, 2017 yili Hamburgda ötkazilgan jahon çempionatida çorak finaldagi özaro jangdan keyin ham uni özi uçun «noqulay raqib» sifatida atagandi. Bu ikki boksçi 2017 yili Toşkentda ötkazilgan Osiyo çempionatida ham özaro jang qilgan va özbekistonlik sportçi qiyinçilik bilan ğalaba qozongandi. 2018 yilgi Osiyo öyinlarida esa Amit finalda ğalabaga erişib, Dösmatovni oltin medaldan mahrum qilgandi.

Şu tariqa, Osiyo çempionatida Özbekiston boks terma jamoasi ilk yöqotişga uçradi - bungaça Özbekiston vakillaridan tört nafari yarim final yöllanmasini hal qilgandi.