Navbatdagi murojaatni örganiş uçun yölga çiqdim. Oddiygina arznoma. Biroq, uni bir inson çorasizlikdan, umid bilan yozgani aniq.
Xizmat yuzasidan vodiyning uç viloyati böylab murojaatlar, xabarlar va xayriyalar tayyorlaymiz. Turli tumanlar, şahar va qişloqlar. Turfa odamlar. Taşvişlari, muammolari bir-biriga öxşaş odamlar. Arizalarni örganiş bilan doimiy şuğullaniş davomida tajriba şakllanadi. Kun.uz sayti poçtasiga kelgan murojaatlarning ilk qatorlarini öqib, telefon orqali aytilayotgan masalani ikki oğiz eşitib, mazkur muammolar qanday yuzaga kelgani va uning yeçimi qay holatda tugaşini 50-60 foiz taxmin qila oladigan bölib boryapmiz.
Murojaatlar... Murojaatlar...
Aholi vakillari zorini tinglab, örgangani borgaç, «nahotki, odamlar uzoq yillardan beri şunday muammoga çidab kelgan? Hudud hokimi, mutasaddilar, sektor rahbarlari biror marta mahallaga oyoq bosmasligiga sabab nima?», deya öyga tolasiz.
Adirning eng tepasida 20 yildan beri içimlik suvi nimaligini bilmay yaşayotgan aholi, qişloqda zavod oçib, uni işlata olmayotgan tadbirkor, hududdagi ta'lim muassasasining ayançli holati, yomğir yoğsa yöli botqoq bölib ketganidan özi işga bir amallab çiqsa-da, farzandlarini maktabga yubora olmayotgan mahalla ahli. Simyoğoçlari eskirib yonboşlagan, transformatori yengil şamol bölsa ham «lip» etib öçadigan köça, tabiiy gaz isini unutib, suyultirilgan gaz balloniga navbatda turgan yoki ballonga gaz töldirib taşlab ketişlarini ikki oydan beri kutayotgan 80 yoşli onaxon... Uyi abgor, 4 farzandining boquvçisi yöq xokisor yolğiz ayol. Boği buzilayotgan, çorvasi uçun maydoni yöq fermer, oğir kasal bölib muhtojga aylangan öqituvçi. Eh-he, yana qançadan-qança muammolar...
Muammolar aslida doim mavjud. Iş bor joyda albatta kamçiliklar ham bölişi tabiiy. Faqat ularni bartaraf etişi kerak bölgan mutasaddilarning munosabati, e'tibori ham boşqaça bölişi kerak-da?
Ba'zi rahbarlarning «mazmundor» iborasi
Ma'lum bir muammoni joyiga borib örgangaç, öşa hudud mas'ulidan izoh söraşga urinasiz. Öz işini yaxşi bilgan rahbar siz bilan uçraşişdan qoçmaydi. Ayrimlari esa öz örinbosarini röbaro‘ qilib, parda ortiga ötişi ham bor.
Örinbosar ikki öt orasida sizga doimgidek «mazkur mahalla yoki köça dasturga tuşganini, tez kunlarda barça muammolar hal qilinişi»ni aytadi. Uning gaplari işonarli çiqmaydi, çunki u aksar hollarda vaziyatdan qutuliş uçun sözlaydi.












