Bugun, 22 aprel kuni “Foriş” poligonida “Hamdöstlik qalqoni—2019” hamkorlikdagi maxsus-taktik öquv maşğulotlarining oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Pokiston va Turkiyaning Özbekistondagi harbiy attaşelari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati hamda Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondonligi vakillari iştirok etdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Hamdöstlik qalqoni—2019” ötkazilayotgan hamkorlikdagi öquv maşqlarida harbiy xizmatçilar jahonda va mintaqada keskin özgarib borayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, milliy va global xavfsizlik sohasida röy berişi mumkin bölgan xatar hamda tahdidlarga qarşi kuraşişning eng ma'qul usul va uslublarini qöllaş borasida özaro tajriba almaşadilar.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Osiyoning eng ilğor armiyalardan biri hisoblanuvçi Özbekiston armiyasi bilan tajriba almaşiş, biz uçun muhim ahamiyatga ega. Öylaymanki, bir neça kun davom etadigan hamkorlikdagi maxsus-taktik öquvlar uçala tomon uçun ham birdek manfaatli böladi”, — deydi Pokiston maxsus bölinmasi komandiri Salmon Tariq. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati