FQB Gitlerning qochishi haqidagi hujjatlarni e'lon qildi
AQSh Federal qidiruv byurosi 1945 yilda Adolf Gitlerning Argentinaga qochib ketganligi to‘g‘risidagi taxminni ko‘rib chiqqan. Bu haqda FQB saytida e'lon qilingan hujjatda aytiladi.
204 betdan iborat hujjatda qayd etilishicha, nemis natsional-sotsialistlari yetakchisi suvosti kemasida Argentinaga yetib borgan va And tog‘ tizmasining janubiy qismidan boshpana topgan. Maxfiy manbaning ma'lumotiga ko‘ra, bunda unga Lotin Amerikasi mamlakatining yuqori lavozimdagi amaldorlari yordam berishgan.
Hujjatda Gitler bilan birgalikda yana 50 nafar natsistning nomi keltirilgan. Barcha voqealar Berlin qulashidan (1945 yil may) ikki hafta o‘tganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Bu hisobot 1945 yil 21 sentyabrda taqdim etilgan.
Ma'lumotlar FQBning birinchi direktori Edgar Guverga berilgan. AQSh harbiy razvedkasi ham mazkur ma'lumotlarga ega bo‘lgan. Ular mazkur surishtiruvni to‘liq emas deb hisoblashgan va Gitlerni qidirmaslikka qaror qilishgan.
Rasmiy talqinga ko‘ra, Adolf Gitler va uning xotini Yeva Braun 1945 yil 30 aprelda Berlinda o‘z jonlariga qasd qilishgan. Ularning jasadlari reyxskanselyariya bog‘ida kuydirib tashlangan.
Mavzuga oid
17:05 / 04.08.2024
“U hatto AQSh prezidentlariga ta’sir ko‘rsata olgan” – Federal qidiruv byurosini 48 yil, vafotigacha boshqargan shaxs kim edi?
21:34 / 26.07.2024
Donald Tramp suiqasd ishi tergovi doirasida FQB tomonidan so‘roq qilinadi
18:43 / 07.06.2023
Maxfiy ma’lumotlarini brilliantlarga almashgan zobit: FQB agenti nega SSSR va Rossiya foydasiga josuslik qilgandi?
23:51 / 09.05.2023