Joriy yildan özbekistonlik musulmonlar uçun haj safari xarajatlari 33,3 million sömgaça tuşirildi. Bu haqda Din işlari böyiça qömita vakili Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

«2018 yilda fuqarolarimiz uçun Haj ziyoratini amalga oşiriş xarajatlari 38 million sömni taşkil etgan edi. 2019 yildan Saudiya Arabistonida barça xizmatlarga 5 foizlik qöşilgan qiymat soliği va mehmonxonalarga 2,5 foizlik soliq kiritildi. Şunga köra, bu yil haj ziyorati sarf-xarajatlari taxminan  42-43 million söm bölişi kutilayotgan edi. Olib borilgan muzokaralardan söng, haj safari xarajatlari 33,3 million sömgaça tuşirildi », — deyiladi xabarda.

2016 yilda Özbekistondan 5200 kişi muqaddas Haj amallarini ado etib kelgan bölsa, 2017 yildan boşlab 7200 nafar özbekistonlik Islom dinining muqaddas arkonlaridan birini ado etiş imkoniga ega böldi. 

Avval Umra ziyoratiga Özbekiston fuqarolari çeklangan kvota asosida yuborilgan bölsa, ötgan yildan e'tiboran ularning yil davomida kvotasiz Umra ziyoratiga boriş imkoniyati yaratildi. 

«Haj-2019» mavsumidan söng umra safari 1,3 millionga arzonlaştirildi. Şuningdek, «Haj-2018» tölovidan ortgan 926,5 ming söm miqdoridagi mablağ har bir ziyoratçiga qaytarib berildi», —  deyiladi Din işlari böyiça  qömita matbuot xizmati tarqatgan ma'lumotda.