Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga 250 dona gilza olib kirayotgan shaxs qo‘lga tushdi
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holati o‘z vaqtida fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, xorijiy davlatdan uchib kelib, «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro bojxonachilar e'tiborini tortgan.

«Belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan fuqaroning yuklari orasidan tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilmagan 250 dona ov quroli uchun mo‘ljallangan gilzalar borligi aniqlandi» , — deyiladi qo‘mita axborotida.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026