2019 yilning 15-21 aprellarida “ÖzRTXB” AJda 1,05 trln sömlik bitimlar tuzildi. Bu avvalgi haftadagi natijadan 6,7%ga yuqori ekanligini körsatdi. Kiçik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari iştirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 23%ga ösib, 519,8 mlrd sömni taşkil etdi, deb xabar bermoqda "ÖzRTXB" AJ matbuot xizmati.
Şu jumladan, birja savdolarining hajmi 874,1 mlrd sömdan 939,2 mlrd sömga oşdi. Valuta savdo maydonçasi orqali deyarli 2,1 mln AQŞ dollarga teng tovarlar sotildi. Eksport böyiça yetakçilikni 93% bilan paxta tolasi egalladi. Eksport bozorining qolgan qismini polietilen 5% va neft moylari 2% bilan egalladi.
Körib çiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 728 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,9 milliard sömni taşkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 20% birinçi toifadagi avtoraqamlarga, 51% ikkinçi va 29% uçinçi toifa avtoraqamlarga tegişli.
Bir haftada 2,9 mlrd sömlik avtomobil raqamlari sotildi
22:30 / 24.04.201910 6551 min












