Emlaş har yili 3 million odamning hayotini xavfli xastaliklar natijasidagi ölimdan saqlab qoladi. Şunga qaramay, vaksinani hayot uçun xavfli deb hisoblaydigan, farzandini öz vaqtida emlatmaydiganlar ham bor. Bu haqda Özbekistonda immunizatsiya masalalarining yoritilişiga bağişlangan davra suhbatida söz bordi.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining bolalar jamğarmasi (UNICEF), Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hamda Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligi hamkorligida emlaşning ahamiyati, uni tarğibot qilişning samarali usullari böyiça ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida davra suhbati bölib ötdi. Mazkur tadbir har yili aprel oyining sönggi haftasida ötkaziladigan jahon immunizatsiya haftaligi doirasida ötkazildi. Haftalikning bu yilgi şiori – «Birgalikda himoyalanaylik: vaksinalar samaralidir» .

YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Saşa Graumann vaksinalarni bolalar kasalliklarining oldini oliş va kamaytiriş böyiça asosiy kuç deb hisoblaydi. 

«Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2019 yilgi hisobotiga köra, emlaşdan voz keçiş jamiyat salomatligi uçun eng katta xavflar öntaligidan joy olgan. Vaksinalar oliş uçun barça imkoniyat bor paytda antivaksinal fikrlarga çek qöyiş kerak» , deydi u.

«Vaksina kampaniyasining ommalaşişiga hissa qöşadigan insonlar «emlaş qahramonlari» dir. Ularning xizmatlariga alohida e'tibor qaratiş kerak. Vaksinalar böyiça yangiliklar qiladigan tadqiqotçilar, emlaş taqvimini boyitiş, mablağ ajratiş masalasida boş qotiradigan siyosatçilar, jarayonni bevosita amalga oşiradigan şifokorlar, farzandining soğligiga befarq bölmagan ota-onalar, emlaşning aholi salomatligini saqlaşdagi ahamiyatini tarğib qiladigan media vakillari – barçasini men «emlaş qahramonlari»  deb atagan bölardim» , deydi Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, har beşta boladan bittasi tirik qoliş va soğlom böliş uçun zarur bölgan asosiy vaksinalarni olmaydi. Agar global immunizatsiya qamrovi yaxşilansa, 1,5 million odamning hayotini saqlab qoliş mumkin böladi.

Davra suhbatida emlaşning nafaqat alohida şaxslar, balki butun jamiyat salomatligi muhofazasi uçun muhim ekanligi, vaksinalarni öz vaqtida emlaş taqvimiga muvofiq qabul qiliş ahamiyati xususida söz bordi.