Fransiyaning sobiq boş vaziri Fransua Fiyon rafiqasi bilan birga sud oldida javob beradi. Fiyonning 2017 yildagi prezident lavozimi uçun saylov kampaniyasi fiktiv işga joylaştiriş bilan boğliq mojaro sababli muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgandi.
Tergov olib borayotgan sudyalar Fiyon işi böyiça davlat mablağlarini xarjlab yuboriş, kamomadni yaşiriş va jamiyat hayoti şaffofligini ta'minlaş böyiça deklarativ majburiyatlarni bajarmaslik böyiça taftiş ötkazişni tavsiya qilişgan.
Sobiq boş vazirning rafiqasi Penelopa davlat mablağlarini xarjlab yuborişda iştirok etiş va bu holatni yaşiriş, davlat mavqeini suiiste'mol qilişni yaşirişda ayblanmoqda.
Fiyon Le Canard Enchaine naşri 2017 yil yanvarda unga işonçni yöqqa çiqargan tergov natijalarini çop etmagunça Fransiya prezidenti lavozimiga asosiy nomzod hisoblangan.
Bir neçta maqolada Fiyonning rafiqasi parlamentda deyarli işlamaganiga qaramay, budjetdan öz erining parlament yordamçisi sifatida 1986 yildan 2013 yilgaça davr içida 680 ming yevro olgani haqida gap borgan.
Fiyon natijada prezident saylovlarining 1-turida 20,01 ovoz bilan 3-örinni egallab, keyingi bosqiçdagi iştirokdan mahrum bölgan.












