Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Navoiy viloyatining Ğozğon şahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Navoiy viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar, xöjalik birlaşmalari va tijorat banklari tomonidan işlab çiqilgan “2019-2021 yillarda Navoiy viloyatining Ğozğon şahrini kompleks rivojlantiriş dasturi” ma'qullanişi mumkin.

Dasturning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:

ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, aholini iş bilan ta'minlaş darajasi va farovonligini oşiriş;

Ğozğon şahrini pardoz toş qazib oliş va işlov berişga ixtisoslaşgan sanoat şahriga aylantiriş maqsadida mavjud foydali qazilmalar – marmar, granit konlarini özlaştiriş natijasida yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş va tabiiy resurslardan samarali foydalaniş;

sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalaniş, şu jumladan yangi zamonaviy quriliş va pardozlaş materiallari va xalq iste'moli mollarini işlab çiqariş;

hunarmandçilik, şu jumladan hudud uçun xos bölgan xalq amaliy san'atini rivojlantiriş;

tijorat banklari tomonidan moliyaviy qöllab-quvvatlaş hisobiga kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş;

işlab çiqariş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, aholini içimlik suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta'minlaş hamda boşqa ijtimoiy-maişiy xizmatlar körsatiş darajasini yaxşilaş.

Dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oşiriş orqali quyidagi natijalarga erişilişi közda tutiladi:

Dastur doirasida amalga oşiriladigan tadbirlarga barça manbalar hisobidan 764,1 mlrd. söm miqdorida mablağlar yönaltiriladi;

1865 nafar aholining, xususan 280 nafar xotin qizlar, şuningdek 373 nafar yoşlar bandligi ta'minlanadi.

Ğozğon şahrining batafsil rejalaştiriş loyihasini amalga oşiriş orqali arxitektura qiyofasi tubdan özgartiriladi, bunda: