Özbekiston mudofaa vazirining buyruğiga köra, polkovnik Iskandar Mamatmusayeviç Mallayev Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi qöşinlari qömondonining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari etib tayinlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, bunga qadar Iskandar Mallayev Şimoli-ğarbiy harbiy okrugi qöşinlari qömondonining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.
Iskandar Mallayev Donetsk oliy harbiy-siyosiy muhandis va aloqa qöşinlari bilim yurti hamda Özbekiston Qurolli Kuçlari akademiyasini tamomlagan. 2014 yilda “Sodiq xizmatlari uçun” medali bilan taqdirlangan.
Şuningdek, Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy işlar boş boşqarmasining boşqarma boşliği örinbosari podpolkovnik Nuriddin Bahriddinoviç Qodirov Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qöşinlari qömondonining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari lavozimini egalladi.

Nuriddin Qodirov Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurtini va Qurolli Kuçlar akademiyasini tamomlagan. Xizmati davomida tarbiyaviy va mafkuraviy işlar organlarida quyi poğonalardagi qator lavozimlardan ötgan.
















