Joriy yilning 11-12 mart kunlari Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlar Boş ştabi qöşinlarni jangovar va kundalik faoliyatini boşqariş markazi rahbariyati tomonidan birinçi marta Markaziy harbiy okrug qömondonligi qöqqisdan tekşirildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.
Tezkor navbatçi tomonidan berilgan “yiğin” signaliga muvofiq, şaxsiy tarkib qurol-aslaha va ekipirovkasini olib, qisqa fursatda jangovar şay holatga ötdi. Jangovar texnikalar parkidan harbiy texnikalar kolonnasi “Sazagan” dala öquv maydoniga yöl oldi.
Bölinmalar bilan tezkor aloqani ta'minlaş maqsadida mobil qömondonlik punktlari qulay pozitsiyalarni egallab, belgilangan muddatda yoyildi. Şartli duşman va vaziyat haqida dastlabki ma'lumotlar yuqori rahbariyatga ma'lum qilindi.
– Sönggi ikki yil içida mudofaa vazirligi qöşinlarida mobil qömondonlik punktlari zamonaviy informatsion aloqa va texnik vositalar bilan butlandi. Bu esa harakatda va joyda ma'lumotlarni uzatiş va qabul qiliş, har qanday şaroitda qömondonlik bilan videomuloqotni taşkil etiş, asosiysi bölinmalarni boşqariş kabi keng imkoniyatlar sari yöl oçdi, – deydi polkovnik Diyorbek Tojiboyev. – Bundan bir neça yillar oldin mobil qömondonlik punktlari bölsa-da, texnik vositalar eski, aloqa sifati yaxşi bölmagan. Köproq statsionar (bir joydagi) punktdan foydalanilgan. Hozirgi kunda esa mobil punktlar eng sönggi markadagi texnik vositalar bilan ta'minlangan.
Dala öquv maydonida texnikalar niqoblandi.
Şuningdek, harbiy xizmatçilar taşabbusi bilan barpo etilgan köp funksiyali mobil ustaxona hamda zenit quroliga örnatilgan zirhli qalqon qöşinlar hayotiga tatbiq etildi.


























