Xurşid Sotiyev / FVV

Özbekiston prezidentining qarori bilan Xurşid Sotiyev favqulodda vaziyatlar vazirining örinbosari — Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Xurşid Sotiyev FVV Ştab boşliğining örinbosari – qutqaruv kuçlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini taşkil etiş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Şuningdek, u turli yillarda Navoiy viloyati va Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmalari boşliği ham bölgan. 2023 yilda «Mardlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Prezident qarori bilan Nuriddin Qodirov favqulodda vaziyatlar vazirining örinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy işlar va kadrlar bilan ta’minlaş departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlandi.

Nuriddin Qodirov / FVV

Nuriddin Qodirov Mudofaa vazirligi tizimida turli lavozimlarda xizmat qilgan, tayinlovga qadar Markaziy harbiy okrugi qöşinlari qömondonining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, 25 fevral kuni prezident farmoni bilan boş prokuror örinbosari — harbiy prokuror Botir Qudratxöjayev favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan va unga general mayor harbiy unvoni berilgan edi.