Markaziy harbiy okrug (MHO) jangovar tayyorgarlik boşqarmasi hamda Maxsus operatsiya kuçlari bölimi tomonidan Mudofaa vazirligi qöşinlarida jangovar tayyorgarlikning oddiy va samarali usullarini qöllaş böyiça bir neçta usul va metodlar işlab çiqildi. Bu haqda MHO matbuot xizmati ma'lum qildi.
Jizzax garnizonidagi Maxsus operatsiya kuçlari joylaşgan harbiy qism harbiy xizmatçilari tomonidan yangiça yondaşuvdagi uşbu maşqlar harbiy estafeta musobaqasi körinişida körsatib ötildi.
Özbekiston Qurolli Kuçlarini qudratini oşirişda bevosita jangovar tayyorgarlik maşğulotlarining örni katta. Şu sababli hozirgi vaqtda oddiy, lekin samarali usul va metodlar öylab topilmoqda.
MHO qöşinlari qömondonining örinbosari polkovnik Pölat Sotivoldiyev tomonidan tavsiya qilinayotgan amaliy maşq usullari va unga kerak böladigan öquv moddiy baza oddiyligi bilan farqlanadi. Kam vaqt sarflab, qölbola vositalardan foydalangan holda yaratilgan “maşq maydonçasi” harbiy xizmatçilarning bölinma va yakka tartibda jismoniy qobiliyatlari va bilimlarini oşirişga xizmat qiladi.
Jumladan, jamoaviy kompleks öqitiş, köz boğlangan holda qurolni notöliq qismlarga ajratiş va yiğiş, jang maydonida har usullarda otiş holatini egallaş, kompleks şuğullaniş, jang maydonidan yaradorlarni olib çiqiş, öq-dori yetkaziş, tösin bilan jamoaviy şuğullaniş va boşqa maşqlar harbiy jamoalar örtasidagi soğlom raqobat muhitini yaratib, harbiy xizmatçilarning epçillik va çaqqonlik fazilatlarini yanada rivojlantiradi.
Misol uçun, “Askarlar yopinçiği” metodida aylana şaklda öq-otar qurollar namunalari qöyiladi. Harbiy xizmatçilar esa qurollardan bir qadam uzoqlikda turişadi. Komanda berilgandan söng, harakat soat yönalişi yoki qarama qarşi yönaliş böylab almaşgan holda davom ettiriladi. Bunda bölinmalarning barça tarkibdagi qurollarni notöliq qismlarga ajratiş-yiğiş bilim va malakasi oşiriladi.


























