Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev «Özbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi Prezident Qarori ijrosining ta'minlanişi yuzasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari oldida hisobot berdi. U öz nutqida 2019 yilda bajarilişi rejalaştirilgan işlar yuzasidan ma'lumot berdi.

Vazirga köra, mavjud 7476 ta madaniy meros obektlaridan 5430 tasining davlat kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş va yagona davlat kadastr tizimiga zarur ma'lumotlarni kiritiş, 159 ta obektda turistlar va aholining taşrifini elektron hisobga oluvçi turniketlar örnatiş hamda 5953 ta obektda muhofaza belgilarini örnatiş qayd etilgan bölib, bu masalada ijroçi sifatida mahalliy hokimliklar belgilangan. 

«Şuningdek, amalda respublika teatrlarida sahnalaştirilgan 55 ta milliy drama asarlari sonini 70 taga va 42 ta tarixiy asarlar sonini 60 tagaça oşiriş közda tutilgan», – deydi Madaniyat vaziri. 

Baxtiyor Sayfullayev Özbek davlat sirki faoliyatiga ham töxtalib ötdi. Unga köra, 2018 yilda namoyiş etilgan 294 ta tomoşalar sonini 20 foizga oşiriş hamda tomoşabinlar sonini 30 foizga oşiriş belgilangan. Şu bilan birga, «Özbek davlat sirki» davlat muassasasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahriga gastrollarini taşkil etiş va ötkaziş töğrisidagi reja-jadvali tasdiqlangan.

Istirohat boğlari faoliyati yuzasidan vazir keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, 225 ta madaniyat va istirohat boğlarining 80 tasi (35%) foydalanişga topşirilmaganligidan kelib çiqib, joriy yilda davlat-xususiy şeriklik asosida 50 ta parkning faoliyatini ta'minlaş közda tutilgan.

Şuningdek, ma'lum qilinişiça, 42 ta madaniyat markazlarini yangidan quriş, rekonstruksiya, kapital ta'mirlaş va jihozlaş, 74 ta madaniyat markazining faoliyatini tugatiş belgilangan.

«Muzeylarning ta'lim muassasalari va yirik taşkilotlarda amaldagi 250 ta köçma körgazmalar sonini 400 tagaça yetkaziş belgilangan», – deydi Baxtiyor Sayfullayev öz nutqida.

Vazir bayonotiga asosan, joriy yil yakuniga qadar 6ta bolalar musiqa va san'at maktablari, xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasida 4ta, Namangan viloyatida 1ta, Toşkent viloyatida 1ta foydalanişga topşiriş hamda 6 ta maktabni rekonstruksiya qiliş (Qaşqadaryo viloyatida 2ta, Samarqand viloyatida 2ta, Toşkent viloyatida 1ta) belgilangan.

Ma'lumot uçun, 2017 yildan buyon madaniyat sohasiga oid 20ta Prezident farmon va qarorlari hamda hukumatning 54ta qarori qabul qilingan.