Hozirgi kunda Özbekistonda 312ta bolalar musiqa va san'at maktabi faoliyat yurityapti. Uşbu muassasalar 2 smenada işlagani bois ularga 93 ming 277 nafar öğil-qiz qamrab olingan. 2,5 mingga yaqin imkoniyati çeklangan, Respublika va xalqaro tanlovlarda ğolib bölgan hamda kam ta'minlangan oila farzandlari bepul öqiydi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida taşkil etilgan matbuot anjumanida Madaniyat vazirligi vakili tomonidan ma'lum qilinişiça, joriy yil dekabr oyida Investitsiya dasturi asosida qurilgan 12ta ana şunday maktablar foydalanişga topişirilişi közda tutilgan.

«Musiqa maktablariga taalluqli qator muammolar mavjud. Ularga asta-sekin yeçim topyapmiz. Şu yilning fevralida Özbekiston davlat Konservatoriyasi huzurida malaka oşiriş markazi taşkil etildi. Ötgan vaqt içida bu yerda ming nafarga yaqin kadrlar malakasi oşirildi. Ular oxirgi marta 1994-1995 yillarda malaka oşirgan ekan.

Ayni paytda markaz binosi yanada kengayib, quriliş işlari ketyapti. Kelasi 2020 yilda yana 3 ming nafar pedagoglarni malaka oşirişga jalb qilmoqçimiz. Ular attestatsiyadan ötib, malaka toifani ham olib ketiş imkoniyatiga ega bölişadi», dedi vazirlikning boşqarma boşliği Sobir Madiyev. 

Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev hozirda bolalar musiqa va san'at maktablarida öqituvçilarga nisbatan talab kuçliligini aytib ötdi.

«Aççiq bölsa ham bir haqiqatni aytaman: musiqa maktablardagi pedagoglarning 36 foizigina oliy ma'lumotga ega, xolos. Joriy öquv yili oldidan Konservatoriyada 5 yillik iş stajiga ega öqituvçilar uçun sirtqi bölimi oçildi. Hozir 104 nafar talaba bilim olyapti. Şu yöl bilan oliy ma'lumotli öqituvçilar sonini oşiriş niyatidamiz. Kuni keça közi ojiz bolalar musiqa va san'at maktablarida bepul tahsil olişi böyiça qaror çiqardim. Ular yangi yildan tölov amalga oşirmay öqiş imkoniyatiga ega bölişadi», deya Madaniyat vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, Kun.uz saytida «Imkoniyati çeklangan bolalarda maktablarga tölov muammosi – Ularga imkon va imtiyoz beriladimi?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Unda Toşkent şahridagi 77-sonli ixtisoslaştirilgan maktab-internatda filial sifatida faoliyat yuritayotgan 17-sonli musiqa va san'at maktabida ham tahsil olayotgan közi ojiz bolalarning maşğulotlarga tölov qiliş borasida qator muammolarga duç kelişayotgani