Bugun, 24 aprel kuni tongda berilgan signal böyiça Toşkent harbiy okrugi hududida joylaşgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar şaylik holatiga keltirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qurolli Kuçlar boş ştabi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari hamkorligidagi öquv dasturiga köra,  24–25 aprel kunlari Toşkent viloyatining çegara hududlarida navbatdagi hamkorlikdagi qömondonlik-ştab öquvlari  bölib ötadi.

Maşğulotlarning ssenariysi böyiça Toşkent viloyati Ohangaron tumani çegara postlaridan birida bir guruh şartli noqonuniy qurollangan jangarilar tödasi davlat çegarasini buzib ötişga uringani haqida ma'lumot kelib tuşadi. Çegara posti navbatçilik bölinmalari olingan xabarni zudlik bilan hamkorlikdagi kuç tuzilmalarining hududiy bölinmalari hamda tegişli idoralarga yetkazadi. Toşkent harbiy okrugi qöşinlari qömondonligida olingan şartli signal böyiça qöşinlar yuqori jangovar şaylik holatiga keltirilib, jangovar texnikalardan iborat kolonnalar belgilangan joyga yöl oladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qurolli Kuçlar kuç tuzilmalari hamkorligida taşkil etilgan taktik öquvlarga jami 500 nafardan ziyod harbiy xizmatçilar, 100 dan ortiq harbiy texnika, şuningdek, Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlarining vertolyot aviatsiyasidan 4 ta uçiş apparati jalb etilgan. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati