Manchester derbisi... Hammasi tugadimi? Ikki peşqadam ham uçtadan öyin ötkazadi, Angliyada oxirigaça bir narsa deb bölmasdi-ku, nega köpçilik «Manchester Siti»ni «Old Trafford»dagi ğalabasidan söng çempionga çiqarib qöymoqda?
Çunki «buyuk teatrlar uyi»da möjiza yuz bermadi, liverpulçilar kutgan nodir hodisa sodir bölmadi. Bu öta muhim öyin edi. Sulşer qölidan kelganini qildi. Lekin gap bu yerda mezbonlarda emasdi. «Şaharliklar»da edi. Yöq, yöq, gap faqat ularning ustozida edi. Pep Gvardiola öz uslubini yana dunyo ahliga köz-köz etdi: u doimo davraviy tizimda zör murabbiy bölib qolaveradi.
When the Blues go marching ON, ON, ON!
— Manchester City (@ManCity) April 24, 2019
🔴 0-2 💙 #MUNMCI #mancity pic.twitter.com/uOkPfBdWO2
Gvardiola futbolçilarga taktik qaraşlarini singdirişda benazir hisoblansa, «Manchester Siti» futbolçilariga mavsum davomidagi öyinlarda muvozanatni uşlaşni ham zör tuşuntira olgan. Qarang, de Bryuynedek futbolçisi jarohat olsa-da, öyini özgarmadi. Bunaqa klub Pepdan boşqasida topiladimi?!
Gvardiola uzun mavsumni ötkazişda Fergyusondan ham zörroq desam, «MYu» muxlislari xafa bölişmasin. Zotan, ser öz uslubiga uzoq yillar ötibgina ega bölgan, ispaniyalik mutaxassis bu narsani işlagan uçala jamoasida ham tezda amalga oşira olgan.
Gvardiola davraviy tizimga bardoş bera oladigan kuçli taktikasi, mustahkam strategiyasi borligiga klub mutasaddilarini işontira oladi, şu bois, u söragan futbolçi olib kelinadi. Oldindan nima qilayotganini biladigan mutaxassis u.

Pepga intriga ham şart emas. Çempionatning urfiga qarab öynayveradi: La Liga, Bundesliga va APL... Çempionlik uçun kuraş turliça keçadigan çempionatlarda Gvardiola öşa yerning futbolini tez özlaştirib oladi va jamoasini mavsum oxirigaça yengib bölmaydigan holatga olib çiqadi.
Har qanday mukammallik ostida bitta kamçilik yaşirinib yotadi. Uning yutuği kubok öyinlaridagi kamçiligiga zamin yaratib kelmoqda. Gvardiola çempionlar ligasida ikki yilki ingliz klublaridan öta olmayapti. Çempionatda ularni tor-mor qilsa-da, pley-offda negadir qoqiladi. Xuddi şu kayfiyatni u «Barselona»ga ham yuqtirib ketgan – jamoa hatto Pep ketganidan söng ham ikki marta çempionatda istaganiça yutib yuradigan «Atletiko»ga imkoniyatni boy berdi («Real»ni YeÇLdan çiqarib yuborgan mavsumi esa, köproq Messining hisobiga yozilsa töğri bölardi – Leo 2011 yil juda qörqinçli öyin körsatgan).












