Ijtimoiy tarmoqlarda “Qoraqalpoğistonda GAI xodimi va haydovçi örtasida janjal kelib çiqdi” nomi bilan tarqatilgan videodagi holat Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan örganib çiqildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

2019 yilning 21 aprel kuni soat 16.30larda Amudaryo tumani Manğit şahri Barkamol avlod köçasida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaşga jalb qilingan Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi YPX inspektori safdor M.Tanirbergenov xizmat olib borayotgan vaqtida, şu köçada yöl böyiga “Neksiya” rusumli taksi avtomaşinasi kelib töxtagan. Avtomaşina içidan mast holatda bölgan ikki nafar yölovçilar M.M. va A.M. tuşib, mazkur avtomaşina haydovçisi bilan kira haqi borasida özaro kelişmasdan janjallaşib qolib, mast holatdagi yölovçilardan biri avtomaşinaning orqa öng eşik oynasini sindirib yuborgan.

Şu yerda xizmat olib borayotgan safdor M.Tanirbergenov mazkur janjal haqida Amudaryo tuman IIB navbatçilik qismiga tezkor guruh yuborişini sörab xabar bergan hamda özi uşbu janjallaşayotgan fuqarolarning yoniga tinçlantiriş maqsadida borib, ularni ajratayotganida, mast holatdagi yölovçi M.M. “Neksiya” rusumli avtomaşinaning çap tomon orqa eşigini jahl bilan qattiq yopib yuborgani natijasida, safdor M.Tanirbergenovning öng qöl barmoqlari qattiq qisilgan. Buning natijasida safdor M.Tanirbergenov oğriqqa çidamasdan mast holatdagi yölovçi M.M.ning yuziga şapaloq bilan bir marta urib yuborgan, deyiladi xabarda.

Bildirilişiça, safdor M.Tanirbergenov olgan jarohati yuzasidan Amudaryo tumani tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan va “öng qöl 4-barmoği tirnalib kesilgan” jarohati olganligi töğrisida ma'lumotnoma rasmiylaştirilgan. Safdor M.Tanirbergenov şu kuni yuqoridagi avtomaşinaga yetkazilgan zarar, özining olgan jarohati hamda sodir bölgan holat yuzasidan öz rahbariyati nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan va mazkur bildirgi tuman IIBda röyxatdan ötkazilgan. 2019 yil 21 aprel kuni avtomaşina haydovçisi Amudaryo tumani IIB boşliği nomiga yuqoridagi holatlar yuzasidan ariza bilan murojaat qilib, unda fuqarolar M.M. va A.M.ga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.