Qozoğistonning Atirau şahrida 1990 va 1991 yillarda tuğilgan uç nafar şaxs 16 aprel kuni Özbekiston fuqarosi S.Ya.ni öz kvartirasidan zörlik işlatib öğirlab ketişdi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda.

Uşbu şaxslar öğirlab ketilgan fuqaroning dösti, Özbekiston fuqarosi M.S.dan 300 ming tenge talab qilişgan. Aniqlanişiça, hujum qilgan şaxslar bundan oldin ham M.S.dan zörlik işlatiş tahdidi ostida 100 ming tenge miqdorida pul olişgan.

Barça uç nafar şaxs qölga olindi. Ularning yonidan jabrlanuvçilar pullari va buyumlari, şuningdek, öğirlab ketilgan fuqaroni kaltaklaşda qöllanilgan nunçaki hamda qurbonlarning biriga tegişli bölgan «Lada Largus» avtomobili kaliti topildi. 

Jinoyatçilarga nisbatan odam öğirlaş va tovlamaçilik böyiça jinoyat işi qözğatilgan.