AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Qo‘shma Shtatlar, Rossiya va Xitoy yadro qurollaridan voz kechishi kerak. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Bugun men Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShga KXDR yetakchisi Kim Chen In va Shimoliy Koreya masalasida yordam berish imkoniyatidan xursandligini ma'lum qilganini ko‘rdim. Biz yadro qurolidan voz kechishni istaymiz, barchamiz buni qilishimiz kerak. Rossiya undan voz kechishi lozim, Xitoy undan bosh tortishi kerak», - dedi Amerika ma'muriyati rahbari.

Payshanba kuni CNN telekanali Oq uyning nomi oshkor etilmagan vakillariga tayanib, Tramp Rossiya va Xitoy ishtirokini nazarda tutuvchi, yadro qurollarini qisqartirish to‘g‘risida bitim loyihasini tayyorlamoqchi ekani haqida xabar berdi.

«Prezident shuni aniq bildirdiki, uning fikriga ko‘ra, qurollar ustidan nazorat Rossiya va Xitoy ishtirokida amalga oshirilishi hamda barcha qurol turlari, jangovar kallaklar va raketalarni o‘z ichiga olishi kerak», - deya manba so‘zlarini keltiradi telekanal.