Yaponiya imperatori Akixito taxtdan voz keçiş oldidan rafiqasi Mitiko bilan oxirgi marta imperator sifatida omma oldida köriniş berdi. Ular atrof-muhit himoyaçilari va tabiatni örganişda katta yutuqlarga erişgan olimlarni taqdirlaş marosimida iştirok etişdi.

30 aprelda Akixitoning taxtdan voz keçişi rasmiy marosimi bölib ötadi. Bungaça 85 yoşli imperator özining Tokio markazidagi saroy majmuasida dam oladi. Akixitoning taxtdan voz keçiş marosimida hukumat, parlament va oliy sud vakillari iştirok etadi. Şuningdek, mamlakat boş vaziri Sindzo Abe iştiroki kutilmoqda.

Taxtni Akixitoning tönğiç öğli – 59 yoşli valiahd şahzoda Naruxito egallaydi. Yangi imperatorning taxtga ötirişi tantanali marosimi 1 may kuni Tokioda bölib ötadi.

Imperatorning taxtdan voz keçişi oxirgi 200 yil içidagi birinçisi böladi. Oxirgi marta bunday voqea 1817 yilda yuz bergan. Şundan keyin taxt yangi imperatorga avvalgisining ölimidan keyingina ötib kelgan. Biroq Akixitoning yoşi keksaligi inobatga olinib, unga istisno tariqasida maxsus qonun bilan taxtdan voz keçişga ruxsat berildi.

Akixito Yaponiyaning 125-imperatori hisoblanib, u taxtni 1989 yilda otasi imperator Xiroxito vafotidan keyin egallagan.