Hukumat qarori bilan “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivalini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali yozmoqda.
Nizomga muvofiq, festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uçinçi ön kunligida Samarqand şahrida Madaniyat vazirligi tomonidan ötkaziladi.
Tanlovda iştirok etuvçilarga quyidagi talablar qöyiladi:
konsertlarda çiqiş tajribasiga egaligi;
tanlov va festivallarda qatnaşganligi;
madaniyat va san'at sohasidagi yuqori taşkilotlar yoki festival direksiyasining tavsiyanomasiga egaligi;
yoşi 18 yoşdan yuqori bölişi.
Tanlovda iştirok etişni istagan san'atkorlar va jamoalar festival ötkaziladigan yilning 1 iyunigaça [email protected] manziliga hujjatlarni yuborişi lozim.












