«Barselona» hujumçisi Luis Suares özini oxirgi beş yil davomida Lionel Messi va Kriştianu Ronaldu bilan Yevropaning eng yaxşi töpurari nomi uçun kuraş olib borgan yagona futbolçi deb hisoblaşini aytdi.

«Bilamanki, sönggi beş yilda «Oltin butsa» uçun Messi va Ronaldu bilan kuraş olib borgan Yevropadagi yagona futbolçi hisoblanaman. Va darvoqe, bu sovrinni ikki marta qölga kiritdim ham.

Faoliyatim davomida özim kutganimdan ham köproq sovrinlarni qölga kiritdim. Albatta, «Barselona»dek klubda öynasang, bundan boşqaçasi bölişi mumkin emas. «Barsa»ning La Liga tarixidagi uçinçi eng yaxşi töpurari böldim. Bu klub safida qança-qança buyuk öyinçilar töp tepganini hisobga olganda, bu yutuq men uçun köp narsani anglatadi. Bu futbolkaga özimni munosib deb bilaman», – degan Suaresning sözlarini keltirmoqda Daily Mail.

Ma'lumot uçun, 32 yoşli urugvaylik 2013/14 mavsumida Kriştianu Ronaldu bilan teng miqdorda gol urgan, 2015/16 mavsumida esa yakka özi «Oltin butsa»ni qölga kiritgan edi. Mukofot 2014/15da Ronalduga nasib etgan bölsa, oxirgi ikki yildan buyon Messi uni qöldan bermay kelmoqda.