Superliganing 7-turidan örin olgan «Paxtakor» – «Metallurg» öyini avval belgilanganidek 3 may sanasida emas, 1 may kuni bölib ötadi.

Bu özgariş «Paxtakor»ning Osiyo Çempionlar ligasidagi iştiroki bilan boğliq. Jamoa 6 may kuni guruh bosqiçining 5-turida Eronning «Persepolis» klubini qabul qiladi.

Şu munosabat bilan «Paxtakor» «Metallurg»ga qarşi öyinni ikki kun oldinga surişni sörab, PFLga murojaat qilgan. Klub rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, «Metallurg» ham öyinni 1 mayda ötkazişga qarşi emasligini bildirgan.

«Xalqaro maydonda öyin ötkazadigan klubning tayyorgarligiga yetarliça vaqt bölişi uçun PFL mazkur bahsni 1 may sanasiga köçiriş söroviga ijobiy javob berdi», - deya tuşuntirilgan PFL rasmiy saytida.

Şu örinda ta'kidlaş joizki, «Paxtakor»ning OÇL guruh bosqiçida qatnaşişi 19 fevralda aniq bölgan, bir haftadan söng - 26 fevralda PFL Superliganing birinçi davra taqvimini e'lon qilgan edi. Bundan körinadiki, «Paxtakor»ning xalqaro öyin uçun «tayyorgarligiga yetarliça vaqt bölişi», boz ustiga bu guruh bosqiçining hal qiluvçi sönggi turlaridan biri ekani PFL tomonidan taqvim tuzilayotgan paytda inobatga olinmagan.

Qayd etiş kerak, Özbekistonning OÇLda iştirok etayotgan yana bir klubi «Lokomotiv» 5-turni 7 may kuni Abu-Dabida «Al-Vahda»ga qarşi ötkazadi. «Temiryölçilar» bundan 4 kun oldin – 3 mayda vodiyga safar qilib, «Qöqon-1912» mehmoni böladilar. Ikkala öyinini ham öz maydonida ötkazadigan «Paxtakor»dan farq ölaroq, ikkala öyinini ham safarda ötkazadigan «Lokomotiv» içki çempionat öyinini köçirişni sörab murojaat qilgan-qilmagani hozirça noma'lum.

Eslatib ötamiz, bugun Özbekiston çempionatida 6-tur davom ettiriladi. Avvalroq taqvimda böyiça bugun bölib ötişi belgilangan öyinlar orasidan «Surxon» — «Andijon» uçraşuvi Surxondaryo viloyati hokimligi iltimosi bilan ikki kunga keçiktirilgan