«Barselona» Primeraning 35-turida «Levante»ni 1:0 hisobida mağlub etdi. Öyindagi yagona ğalaba töpini ikkinçi bölimda zaxiradan maydonga tuşgan Lionel Messi 62-daqiqada urdi.
Squawka ma'lumotiga köra, katalonlar klubining bu sovrini Messiga unikal natija qayd etiş imkonini berdi. «Barselona» tarixida heç bir futbolçi 10 marta Ispaniya çempioni bölişga erişmagan.
Ispaniya çempionligini undan köproq marta qölga kiritgan futbolçi esa «Real»ning sobiq havbeki Fransisko Xento – 12.
Bu katalonlar klubi sönggi 11 mavsumda sakkizinçi bor çempion bölişidir.
Bu vaqt içida «Barselona»dan taşqari faqat «Real» (ikki marta, 2011/12 va 2016/17 yilgi mavsumlarda) hamda «Atletiko» (2013/14 yilgi mavsum) Ispaniya çempionligiga erişgan
Messi «Barselona» safida 2003 yildan buyon (futbolçilik faoliyatini boşlaganidan buyon) töp surib kelmoqda. Uşbu argentinalik futbolçi ayni vaqtga qadar kök-anorranglilar klubi bilan jami 34 sovrin qölga kiritgan, ular orasida 6 marta Ispaniya Kubogi, 8 marta Ispaniya Superkubogi, 4 marta Çempionlar ligasi kubogi, 3 marta UYeFA Superkubogi, şuningdek, uç bor klublar örtasidagi jahon çempionati ğolibligi bor.












