Yaponiyada 30 aprelda 85 yoşli imperator Akixito taxtdan voz keçadi, 1 may kuni esa taxtni uning tönğiç öğli, valiahd şahzoda Naruxito egallaydi. Şu munosabat bilan ötadigan tantanalar oldidan barça maktablar yopilgan. Biroq ulardan biriga noma'lum kimsa işçi körinişida kirib, imperatorlik oilasining kiçik vakillaridan biriga tahdid qiluvçi belgi qoldirgan.
Gap Akixitoning nabirasi şahzoda Xisaxito haqida bormoqda. Bola hozirda Tokiodagi örta maktablardan birida tahsil oladi. Noma'lum kimsa aynan u öqiydigan maktabga kirib, u ötiradigan partani topib, uning ustiga piçoq qöyib ketgan.
Gumonlanuvçini hozirça uşlaşga muvaffaq bölinmagan.
12 yoşli Xisaxito imperatorning kenja öğli – şahzoda Akisinoning öğli bölib, taxtga vorislik qiliş tartibi böyiça amakisi Naruxito va otasidan keyin uçinçi hisoblanadi.

















