Davlat bojxona qömitasi mineral suv importiga bojxona bojlarini oşirişni taklif qilmoqda. Bu haqda qömita tomonidan e'lon qilingan Prezident qarori loyihasida aytiladi.
Gap TN TIF 2201 kodli tovar mahsuloti haqida ketmoqda:
Tabiiy yoki sun'iy mineralli, gazlangan, şakar qöşilmaydigan yoki boşqa ta'm beruvçi yoxud aromatik moddalarga ega suvlar; muz.
Hozir uşbu tovarlarni olib kiriş böyiça boj 30 foizni taşkil etadi. Loyihada bojni 50%gaça oşiriş va bir litr uçun 0,25 dollarlik minimal çeklov örnatiş taklif etilmoqda.
Qömitaning fikriga köra, stavkaning oşişi soğlom raqobat muhitini qöllab-quvvatlaş, içki bozorni yuqori sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlaş, mahalliy işlab çiqarişni rağbatlantirişga yordam beradi.












