2018 yil bahorida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi 62-sonli qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 15 ming gektardan ortiq maydonga eksportbop aççiq qalampir köçatlari qadalgandi.
Ötgan yil qalampir yetiştiriş va eksport qiliş böyiça öziga xos sinov davri böldi. Qiyinçiliklar, tuşunmovçiliklar yuzaga keldi, tuğilgan muammolarga yeçim izlandi, kelgusidagi vazifalar belgilandi.

Ana şunday paytda “Özi bu sohada nimaga erişildi?” degan savol tuğilişi tabiiy. Buni oçiqlaş maqsadida raqamlarga murojaat qildik:
"Özbekoziqovqatxolding" XK va Davlat Statistika qömitasidan olingan ma'lumotlarga köra, 2019 yilning 21 aprel kuni holatiga köra aççiq va şirin qalampir eksportining umumiy qiymati 32 mln. 366 ming AQŞ dollarini taşkil qildi. Buning içida şirin qalampirning uluşi 7 mln dollardan ortgan bölsa, aççiq qalampir miqdori 25,2 mln dollardan iborat böldi.
Eksportning asosiy uluşi Qozoğiston, Ozarbayjon va Gruziya kabi davlatlarga töğri keladi. Qalampir yetiştirişda Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo, Farğona viloyatlari peşqadam bölişdi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, 2018 yil qalampirçilikda sinov va tajriba yili böldi. Kamçiliklar aniqlandi, yutuqqa erişiş imkoniyatlari örganildi. Bu tajriba joriy va kelgusi yillarda asqotişi şubhasiz.
Reklama huquqi asosida











