Toshkent shahrining Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlaridagi gaz quvurlarida ta'mirlash-sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim aholi hududlari, ijtimoiy va maishiy-kommunal obektlarda gaz ta'minoti to‘xtatiladi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, gaz ta'minoti to‘xtatiladigan manzilgohlar sanasi va vaqti quyidagicha:

30 aprel kuni soat 11:00 dan 19:00 gacha

Shayxontohur tumanida: 

- Tarona ko‘chasida 

Mirzo Ulug‘bek tumanida:

- “Beshkapa” mahallasida;

1 may kuni soat 11:00 dan 19:00 gacha

- Uchtepa tumanining 24-mavzesida;

Toshkent shahri bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filiali vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘ragan.