Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga taşrifi asnosida Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konida qidiruv va özlaştiriş işlarini amalga oşiriş, gaz-kimyo majmuasi quriş böyiça mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolangan edi.

Umumiy qiymati 5,27 milliard AQŞ dollariga teng uşbu loyiha ikki bosqiçda amalga oşiriladi. 

2018-2022 yillarga möljallangan birinçi bosqiçda yiliga 5 milliard kub metr gazni qayta işlaş quvvatiga ega zavod quriladi. 2023-2025 yillarga möljallangan ikkinçi bosqiçda 1,5 milliard kub metr gazni qayta işlaş hisobiga yiliga 500 ming tonna polimer mahsulotlari işlab çiqariş quvvatiga ega gaz-kimyo majmuasi barpo etiladi. Loyiha amalga oşirilgandan söng 2 ming 200 iş örni yaratiladi.

Hozirgi kunda gaz konining 3D seysmik qidiruv işlari ötkazilmoqda, «Eriell» kompaniyasi tomonidan 7ta baholaş quduği burğilanmoqda. Obektda «Baker Hughes», «Halliburton» va «Schlumberger» xorijiy kompaniyalari mutaxassislari ham mehnat qilmoqda.

Boysun tumanida boşlangan navbatdagi loyiha mamlakatning janubiy hududini kompleks rivojlantiriş, yoqilği-energetika, kimyo, quriliş sanoati va transport infratuzilmasi korxonalari quvvatlarini oşiriş imkonini beradi. 

Prezidentga loyiha doirasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusida erişiladigan natijalar haqidagi taqdimot namoyiş etildi.

Şavkat Mirziyoyev konda ötkazilayotgan geologiya-qidiruv jarayoni, uni özlaştiriş, taşqi infratuzilmalarni va gazni qayta işlaş zavodini qurişni jadallaştiriş böyiça zarur körsatmalar berdi.

Şu yerda Surxondaryo viloyatida 900 megavatli issiqlik elektr stansiyasi quriş, viloyatda sanoat sohasini rivojlantiriş, muhandislik tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, 2019-2020 yillarda Boysun tumanida aholini içimlik suvi bilan ta’minlaş, Sariosiyo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan işlar taqdimotlari ötkazildi.