2019 yil 26 aprel kuni 2 noma'lum şaxs Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani S.Azimov köçasida eşiklari oçiq holda qarovsiz qoldirilgan, fuqaro F.F. boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomaşina yukxonasidan 48 000 000 söm pulini öğirlab ketgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabarida aytilişiça, körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Yunusobod tumani Niyozbek köçasida yaşovçi I.A. va O.Zokirov köçasida yaşovçi T.U. sodir etganliklari aniqlanib, uşlanganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.