27 aprel kuni Toşkent şahri hokimiyati binosida şaxsiy qurilişlar sifatida rasmiylaştirilgan köp qavatli uylar qurilişi töğrisidagi iş böyiça oçiq bahs bölib ötgan, unda qurilişlari sud hukmisiz «snos»ga tuşgani tufayli mahalliy hokimiyat faoliyatidan jabrlanuvçi sifatida investor Muhammadbobur Xöjayev va xususiy quruvçi Aziz Zokirov, şuningdek poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev, uning örinbosarlari, Artel va Akfa kompaniyalari xodimlari hamda jurnalistlar iştirok etgandi.

Muloqot asosan şahar hokimi investorni ketma-ket savollar bilan öqqa tutişi tarzida keçgan, investor bu bahsga tayyor bölmagani körinib qolgandi. Muloqot arafasida qurilişlari buzib taşlangani uçun hokimlikdan 1,35 million dollar atrofidagi tovon puli talab qilib turgan investor yakunda bu da'vosidan voz keçiş holatiga kelgandi - Jahongir Ortiqxöjayev unga noqonuniy faoliyati böyiça misollar keltirib ötgandi.

Bir yarim soatga yaqin davom etgan bahsdan söng tomonlar yana alohida, yakkama-yakka muloqot ötkazişgan, biroq bu uçraşuv yakunlari böyiça OAVga ma'lumot berilmagandi.

Biz mazkur masalada Muhammadbobur Xöjayevga yuzlandik va bölib ötgan voqealar yuzasidan undan navbatdagi fikrlarini söradik.

«Öşa kuni Jahongir Obidoviç bilan tet-a-tet (yuzma-yuz) şaklida suhbatlaşganimdan söng fikrlarim mutlaqo özgardi. Yaxşi inson ekanlar, men notöğri fikrda yurgan ekanman. Öşa kuni menga öz xatolarimni körsatib, biznesimga aloqador tegişli maslahatlarini berdi. Içida kibri yöq yaxşi inson ekanlar.

Köçada juda köp tadbirkorlar bilan suhbatda bölganman. Ham katta tadbirkor, ham şahar hokimi bölib oddiy fuqaroga vaqt ajratganlari meni hayron qoldirdi», - deydi investor.

U keyingi oylar davomida turli naşrlarda masalani çuqur örganmasdan bildirgan fikrlaridan afsusdaligi va buning uçun hammadan uzr söraşini aytib ötdi.

Öşa kuni Jahongir Ortiqxöjayev quriliş böyiça xalqaro ekspertlarni olib kelib, uning mulklarini tekşirtiriş böyiça taklif bergandi. Investordan mazkur taklifga qanday javob berişini söradik.

«Bu masaladan körqayotganim yöq. Ba'zi binolarda kamçiliklar bölgan. Bu masalada mijozlar bilan qonunan kelişib oldik. Kamera qarşisida öynaydigan aktyor emasman. Xatolarimni töğrilayman. Hokim haqida tarqalgan köp miş-mişlar yolğon bölib çiqmoqda. Bu şaxsiy fikrim. Mana yordam bermoqda. Boşqa insonlardan ham öz yordamini ayamasa kerak», - deydi u.